26 avgust kuni Oliy Liga 19-turidan o`rin olgan 5 uchrashuv bo`lib o`tadi. Mazkur o`yinlarga quyidagi hakam va nazoratchilar tayinlandi.
Oliy Liga, 19-tur
26 avgust (shanba)
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
«Navbahor» (Namangan) – «Dinamo» (Samarqand)
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), N. Ro`zimov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O`zPFL vakili: B. Haydarov.
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Neftchi» (Farg`ona)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
«Buxoro» (Buxoro) – «Qizilqum» (Navoiy)
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Tog`aev (Toshkent).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Obod» (Toshkent)
Hakamlar: T. To`xtasinov (Toshkent), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O`zPFL vakili: A. Inoyatov.
Izoh: O`zgarishlar bo`lishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy termasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so`nggi ikki o`yiniga tayyorgarlik ko`rayotgani munosabati bilan O`zPFL reglamentining 4-moddasi, 4.24-punktiga muvofiq, O`zbekiston milliy terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchilarning chaqirilishi munosabati bilan 25–26 avgust kunlarida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan quyidagi uch bellashuv hozircha noma`lum muddatga qoldirildi.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak);
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi);
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Lokomotiv» (Toshkent).