«Metallurg» – «Lokomotiv» uchrashuvi Toshkentda bo`lib o`tadi

Oliy Liga 18-turidan o`rin olgan «Metallurg» – «Lokomotiv» uchrashuvi Bekobod shahridan Toshkent shahriga ko`chirildi.

18 avgust kuni bo`lib o`tadigan bellashuv «Lokomotiv» stadionida o`tkaziladi. Bekobod shahridagi «Metallurg» stadionida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini nishonlash tadbirlariga tayyorgarlik ko`rilayotgani sabab shunday qarorga kelindi.  

Mazkur uchrashuv Toshkentda o`tkazilishiga qaramay, «Metallurg» nominal mezbon sifatida harakat qiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb