O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 saralash bosqichi so`nggi ikki o`yiniga tayyorgarlik ko`rishi munosabati bilan Oliy Liga 19-tur o`yinlari taqvimida o`zgarish yuz berdi.
2017 yilgi O`zPFL reglamentining 4-moddasi, 4.24-punktiga muvofiq, O`zbekiston milliy terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchilarning chaqirilishi munosabati bilan 25–26 avgust kunlarida bo`lib o`tadigan quyidagi uch bellashuv hozircha noma`lum muddatga qoldirildi.
Mazkur uchrashuvlar qachon bo`lib o`tishi haqida ma`lumot keyinroq beriladi.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak);
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi);
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Lokomotiv» (Toshkent).