11–12 avgust kunlari Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Mazkur turning 3 o`yini Mycujoo.tv saytida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi.
“Qo`qon–1912” – “Obod”, “So`g`diyona” – “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” – “Neftchi” o`rtasidagi o`yinlar Mycujoo.tv saytida onlayn ko`rsatiladi.
12 avgust, shanba
17:30 “Qo`qon–1912” – “Obod” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8130
19:00 “So`g`diyona” – “Lokomotiv” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8113
19:00 “Paxtakor” – “Neftchi” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8114
Qayd etish joiz, 16-turda onlayn translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan 4 ta o`yindan 3 tasi namoyish etildi. Texnik sabablarga ko`ra “So`g`diyona” – “Bunyodkor” o`yini to`g`ridan-to`g`ri namoyish etilmadi.
16-turda onlayn translyatsiya qilingan o`yinlarni O`zbekistondan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Gollandiya, Belgiya, AQSh, Norvegiya va boshqa davlatlardan kuzatishdi.