Oliy Liga uchrashuvlari onlayn translyatsiya qilinadi

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda Shveytsariyaning “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda Oliy Liga uchrashuvlarini to`g`ridan-to`g`ri Mycujoo.tv saytida translyatsiya qilish bo`yicha shartnoma imzolandi.  

O`yinlarni onlayn translyatsiya qilish bo`yicha Oliy Liga klublari vakillariga tegishli seminar ham o`tkazilib, translyatsiya uchun barcha kerakli qo`rilmalar – kamera, telefon va routerlar topshirildi.

Ertaga, 5 avgust kuni Oliy Liga ikkinchi davrasiga start beriladi. 16-turdan o`rin olgan uchta uchrashuv Mycujoo.tv saytida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi. Quyida onlayn namoyish etiladigan o`yinlarning Mycujoo.tv saytidagi havolasi keltirilgan. 

5 avgust, shanba

19:00  “Olmaliq” – “Buxoro” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7701

6 avgust, yakshanba

19:00  “So`g`diyona” – “Bunyodkor” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7827

19:30  “Nasaf” – “Qo`qon-1912” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7703

7 avgust, dushanba

19:30  “Lokomotiv” – “Mash`al” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7705  

mib
uzcard
cola
apex
bmb