
28 iyul kuni O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ikkita chorak final javob o`yini o`tkazildi.
“Qo`qon-1912” jamoasi o`z maydonida “Nasaf”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o`ynadi. Dastlabki o`yinda qarshiliklar 4:1 hisobida zafar quchgani sababli yarim finalga chiqishdi.
“Lokomotiv” va “Buxoro” o`rtasidagi javob o`yin ancha qiziqarli o`tdi. Buxoroda 0:0 hisobida o`ynagan jamoalar Toshkentda ham asosiy vaqtda gol ura olmadi. Qo`shimcha taymlarda esa “temiryo`lchilar” raqib darvozasiga uchta gol urdi.
Avvalroq “Dinamo” va “Bunyodkor” klublari yarim final yo`llanmasiga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.
O`zbekiston Kubogi–2017
¼ final, javob o`yinlari
28 iyul, (juma)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) - 0:0, 3:0 – qo`shimcha vaqtda. 1076 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 7,6, A. Tsapenko (Toshkent vil.) – 7,3, R. Shoyaxmetov (Toshkent) – 7,7, A. Ergashev (Toshkent) – 5
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: S. Abdullaev (98), A. Omonov (100), S. Mirzaev (119).
Ogohlantirishlar: I. To`xtaxo`jaev (71), S. Abdullaev (89), K. Maxaradze (89) – A. Samatov (75), S. Shixov (89), I. Nagaev (117).
Dastlabki uchrashuv – 0:0.
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:2. 5210 tomoshabin.
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent) – 7,8, A. Usmanov (Toshkent) – 8,0, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,0, A. Rahimov (Andijon) - 8
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Gollar: M. Xolmuhamedov (21, penalti), D. Hasanov (65) – Sh. Erkinov (87), J. Hasanov (90 + 2).
Ogohlantirishlar: F. Rayevats (44), M. Xolmuhamedov (45), D. Hasanov (55), D. Siddiqov (90) – M. Karimov (20).
Dastlabki uchrashuv – 1:4.