
O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ikkinchi yarim finalchisi aniqlandi.
27 iyul kuni «Bunyodkor» chorak final javob o`yinida «Neftchi»ni o`z maydonida qabul qildi va 3:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi.
Dastlabki o`yinda 2:1 hisobida zafar quchgan «qaldirg`ochlar» ikki o`yin natijasiga ko`ra (5:2) yarim finalga yo`l oldi. Turnirning 1/2 finalida Mirjalol Qosimov shogirdlari Samarqandning «Dinamo» klubi bilan to`qnash keladi.
O`zbekiston Kubogining yana ikki yarim finalchisi bugun aniqlanadi. «Lokomotiv» chorak final javob o`yinida «Buxoro» bilan bahs yuritsa, «Nasaf» futbolchilari «Qo`qon-1912»ga ro`baro keladi.
O`zbekiston Kubogi–2017
1/4 final, javob o`yini
27 iyul, payshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 3:1. 857 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent) – 9,0, M. SaidQosimov (Toshkent) – 8,6, A. Snetkov (Toshkent vil.) – 9,0, D. Karimov (Toshkent) – 8
Nazoratchi: X. Muxtarov (Samarqand).
Gollar: V. Chemirtan (45+1), D. Hamdamov (58), O. Shukurov (68) – M. Muzaffarov (37, penalti).
Ogohlantirishlar: M. Qosimov (57) – A. Shog`ulomov (69), A. Abdulxaqov (90+1), D. Ermatov (90+3).
Dastlabki uchrashuv – 2:1.
O`zbekiston Kubogi–2017
1/4 final, javob o`yinlari
28 iyul, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Tsapenko (Toshkent vil.), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Boshlanish vaqti: 19.30
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Nasaf» (Karshi)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Boshlanish vaqti: 18.00