«Bunyodkor» 7 nafar yangi futbolchini tanishtirdi

Bugun, 26 iyul kuni “Bunyodkor” stadionining matbuot anjumanlari zalida klubning 7 nafar yangi futbolchilari tanishtirildi.

Tanishtiruv marosimida “Bunyodkor” bosh direktori Murodjon Aliev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

 

“Qaldirg`ochlar” davralar oralig`ida himoyachilar Anvar G`ofurov (“Obod”), Islomjon Qobilov (Metallurg), hujumchilar Vohid Shodiev (“Qizilqum”), Shohruz Norxonov (“Obod”), yarim himoyachilar Shohrux Gadoev (“Buxoro”), Sardor Sobirxo`jaev (“Sho`rtan”) hamda darvozabon Suhrob Sulotonovni (“Metallurg”) o`z safiga qo`shib oldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb