Oliy Liga klublari vakillariga Mycujoo.tv saytida translyatsiya qilish jarayoni bo`yicha seminar o`tkazildi

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda Shveytsariyaning “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

Kelishuvga ko`ra, ikkinchi davradan boshlab O`zbekiston chempionati Oliy Liga uchrashuvlarining to`g`ridan-to`g`ri translyatsiyalari “Empower Sports” kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, Oliy Liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir paytning o`zida translyatsiya qilinadi.

Shu munosabat bilan 23–24 iyul kunlari Toshkentdagi Raddison Blu Hotel mehmonxonasida Oliy Liga ishtirokchi jamoalari vakillari uchun maxsus seminar-ustaxona tashkil etildi. Seminar “Empower Sports” kompaniyasi vakillari Diego  Kompaire va Daniel Portabella tomonidan olib borildi.

Unda Shveytsariya kompaniyasining maxsus internet-platformasi bo`lgan Mycujoo.tv saytida futbol o`yinlarini qay tariqa jonli efirga uzatish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminar yakunida O`FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev so`zga chiqib, boshlangan hamkorlik O`zbekiston futboli rivojlanishiga katta hissa qo`shishini ta`kidladi.

O`zPFL bosh direktori Farhod Magametov O`zbekistonga tashrif buyurib, o`z mahorati bilan bo`lishgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi va esdalik sovg`alarini topshirdi.

Tadbir davomida olingan barcha suratlarni mazkur havolaga o`tish orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb