Vositachi sifatida ro`yxatdan o`tmoqchi bo`lganlar uchun kerakli hujjatlar haqida ma`lumot

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekiston Professional Futbol Ligasi 2016 yildan boshlab futbolda “Agent” tushunchasi bekor qilinib, o`rniga “Vositachi” tushunchasi kiritilgani haqida ma`lum qilgandi

O`zbekiston Respublikasi hududida vositachilik qilmoqchi bo`lganlar albatta O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi kerak bo`ladi. Buning uchun quyidagi hujjatlar O`zbekiston Futbol Federatsiyasi maslahatchi-huquqshunosi (yuriskonsulti)ga taqdim etilish lozim.

1. Pasport nusxasi;

2. O`FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev nomiga ariza;

3. Futbolchi yoki klub bilan shartnoma nusxasi;

4. Vositachilik haqida deklaratsiya imzo chekish.  

Qayd etish joiz, vositachilar shu yilning 9 avgustiga qadar O`zPFLda ro`yxatdan o`tishi kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb