"Paxtakor" besh nafar yangi futbolchini tanishtirdi

Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan besh nafar yangi futbolchini jamoatchilikka tanishtiridi.

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi o`z tarkibini yana ikki nafar legioner futbolchi bilan to`ldirdi. Bungacha chernogoriyalik Marko Simich bilan shartnoma imzolagan "Paxtakor", braziliyalik Tiyago Bezerra hamda isroillik Gidik Kanyuk bilan ham shartnoma imzoladi. Shuningdek, "Nasaf" a`zolari - Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod A`zamov, "Olmaliq" hujumchisi Zabihillo O`rinboev ham "Paxtakor"ning yangi a`zolari sifatida OAV xodimlariga tanishtirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb