O`zbekiston Kubogi yarim finaliga qur`a tashlandi

O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasi yarim final uchrashuvlarining «uyda-safarda» tartibini aniqlash uchun qur`a tashlandi.

Unga ko`ra, «Bunyodkor» – «Neftchi» uchrashuvi g`olibi yarim final ilk o`yinida 31 iyul kuni o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladi.

«Lokomotiv» – «Buxoro» bellashuvi g`olibi 1/2 final dastlabki o`yinini 2 avgust kuni o`z maydonida «Qo`qon-1912» va «Nasaf» o`rtasidagi o`yin g`olibi bilan o`tkazadi.

O`zbekiston Kubogi, 1/2 final

31 iyul (dushanba)

«Bunyodkor» / «Neftchi» o`yini g`olibi – «Dinamo»

2 avgust (chorshanba)

«Lokomotiv» / «Buxoro» o`yini g`olibi – «Qo`qon-1912» / Nasaf» o`yini g`olibi

mib
uzcard
cola
apex
bmb