
O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining chorak final javob o`yinlarining o`tkazilish sanasi o`zgardi hamda yarim final dastlabki uchrashuvlarining kunlari belgilandi
Dastlabki rejaga ko`ra, «Bunyodkor» – «Neftchi» javob uchrashuvi 25 iyul kuni, «Lokomotiv» – «Buxoro» va «Qo`qon-1912» – «Nasaf» javob o`yinlari 26 iyul kuni bo`lib o`tishi kerak edi.
Musobaqa chorak finalida ishtirok etayotgan klublar safida O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zolari ham borligi, milliy terma jamoa 17–23 iyul kunlari xorijda yig`in o`tkazishi hamda futbolchilar qaytib kelgach tiklanishi uchun etarlicha vaqtga ega bo`lishi maqsadida chorak final javob o`yinlarini tegishli ravishda 27 va 28 iyul sanalarida o`tkazishga qaror qilindi.
O`zbekiston Kubogi, 1/4 final
Javob o`yinlari
27 iyul (payshanba)
«Bunyodkor» – «Neftchi»
28 iyul (juma)
«Lokomotiv» – «Buxoro»
«Qo`qon-1912» – «Nasaf»
Shuningdek, musobaqaning yarim final o`yinlari kunlariga aniqlik kiritildi.
O`zbekiston Kubogi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuvlar
31 iyul (dushanba)
«Dinamo» – «Bunyodkor» / «Neftchi» urchashuvi g`olibi
2 avgust (chorshanba)
«Lokomotiv» / «Buxoro» uchrashuvi g`olibi – «Qo`qon-1912» / Nasaf» uchrashuvi g`olibi
Yarim finalning dastlabki o`yinlari mezboni qur`adan keyin ma`lum bo`ladi.