O`zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.
Oliy Liga
Oliy Liga 14-turida «Qo`qon-1912» jamoasiga qarshi o`yinda hakamga nomaqbul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» yarim himoyachisi Sanjar Rashidov 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Ligasi
«So`g`diyona»ga qarshi 13-tur o`yinida hakam yordamchisiga nomaqbul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» darvozaboni Nodirjon Ashurmatov 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Neftchi» jamoasi bilan 14-tur o`yinida hakamlar brigadasiga nisbatan nomaqbul so`zlar ishlatgani uchun «Mash`al» murabbiyi Ruslan Ahmedov 5 o`yinga chetlatildi.
«Bunyodkor»ga qarshi 14-turda agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» yarim himoyachisi Burxon Hasanov 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Obod» klubiga qarshi 5-tur bellashuvida agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Kamron Saidazimov 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
«Dinamo» jamoasi bilan 15-tur o`yinida raqibiga nisbatan nomaqbul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» himoyachisi Shahzod Abdurahimov2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Dinamo»ga qarshi 15-tur o`yinida raqibini nomaqbul so`zlar bilan atagani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» himoyachisi Shoxjahon Qilichev 2 o`yinda diskvalifikatsiya qilindi.
Birinchi Liga
«NBU-Osiyo» klubiga qarshi 14-turda hakamga nisbatan nomaqbul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» murabbiyi G`ayrat Shixov 5 o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Norin» jamoasi bilan 16-tur uchrashuvida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgan va shundan keyin zaxira hakamini nomaqbul so`zlar bilan atagan «Lokomotiv-BFK» himoyachisi Nurbek Sidabullaev 3 o`yinga chetlatildi.