
Samarqandning «Dinamo» klubi O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ilk yarim finalchisiga aylandi.
Dastlabki bahsda o`z maydonida «Mash`al»ga 0:1 hisobida mag`lubiyatga uchragan «Dinamo» javob bahsida 2:1 hisobida g`alaba qozondi va safarda urilgan gollar evaziga yarim finalga chiqdi.
«Buxoro» va «Lokomotiv» o`rtasidagi chorak final ilk o`yinida hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.
O`zbekiston Kubogi. 1/4 final
Dastlabki uchrashuv, 4 iyul (seshanba)
«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:0. 9631 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,0, R. Samandarov (Navoiy) – 8,3, O. Jumaev (Navoiy) – 8,3, F. Norsafarov (Qarshi) – 9
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: I. Vaytser (71), Sh. Gadoev (90) – M. Kone (63).
Javob uchrashuvi, 4 iyul (seshanba)
«Mash`al» (Muborak) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:2. 1423 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent) – 8,7, A. Sidorov (Toshkent) -8,5, D. Saylalov (Toshkent) – 8,5, Sh. Rajabov (Buxoro) - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
Gollar: A. Begimqulov (54) – A. Safarov (39), S. Sulaymonov (62, penalti).
Ogohlantirishlar: I. Shoykulov (32), A. Agaliev (90+2), B. Nosirov (barchasi – «Mash`al», 90+2).
Dastlabki uchrashuv – 1:0.