2 iyul kuni O`zbekiston Birinchiligida faoliyat olib boradigan hakamlar va nazoratchilar uchun o`quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test topshirib, o`yin epizodlari bo`yicha bir qator qo`llanmalar muhokama qildi.
Shuningdek, xuddi shunday seminar Oliy Ligada faoliyat ko`rsatadigan hakamlar va nazoratchilar uchun ham tashkil qilinadi. Rejaga ko`ra, 6 iyul kuni Oliy Ligada faoliyat ko`rsatadigan nazoratchilar uchun videoseminar tashkil qilinsa, 7 iyul kuni hakamlar uchun mashg`ulotlar o`tkaziladi.
Unda hakamlar soat 07:30 dan boshlab jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test topshiradi, soat 13:30 dan esa videoepizodlar yordamida futbol qoidalari bo`yicha seminar o`tkaziladi.
Ushbu seminarlarda barcha turdagi OAV xodimlari ishtirok etishlari mumkin.