O`zbekiston Kubogi, 1/4 final. «Nasaf», «Mash`al» va «Bunyodkor» ilk o`yinlarda muvaffaqiyatga erishdi

O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining chorak final ilk o`yinlaridan o`rin olgan 3 bellashuv bo`lib o`tdi.

Qarshining «Nasaf» jamoasi ta`mirdan chiqqan stadionda «Qo`qon-1912» futbolchilarini qabul qilib, 4:1 hisobida g`alabaga erishdi.

Samarqandning «Dinamo» klubi o`z maydonida «Mash`al»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, «Bunyodkor» Farg`onada «Neftchi» ustidan 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

O`zbekiston Kubogi–2017
1/4 final, dastlabk o`yinlar
30 iyun, juma

«Nasaf» (Qarshi) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 4:1. 11585 tomoshabin.

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro) – 8,2, A. Shodmonov (Buxoro) – 8,7, A. Kuldashev (Buxoro) – 8,7, E. Tursunov (Buxoro) – 8

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Gollar: D. Rahmatullaev (52), B. Abdurahimov (58, 82), I. Kenjabov (90 + 3) – S. Berdiev (56).

Ogohlantirishlar: I. Kenjaboev (79) – S. Berdiev (36), M. Xolmuhammedov (85), R. Melzetdinov (90).

 

«Dinamo» (Samarqand) – «Mash`al» (Muborak) – 0:1. 4802 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent) – 8,5, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,7, B. Qodirov (Buxoro) – 8,6, B. Yo`lcharaev (Guliston) – 9

Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Gol: M. Safarov (55).

Ogohlantirishlar: S. Suleymanov (68), A. Safarov (75) – S. Abduraimov (65).

 

«Neftchi» (Farg`ona) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:2. 1128 tomoshabin.

Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijan) – 8,2, A. Marajabov (Andijan), - 8,1,  Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,2, A. Rahimov (Andijon) - 9

Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Gollar: M. Muzaffarov (70, penalti) – D. Hamdamov (43), M. Qosimov (89).

 

Ogohlantirishlar: D. Ermatov (35), A. Ismoilov (56), M. Mamazulumov («Neftchi», 77).

mib
uzcard
cola
apex
bmb