“Paxtakor” gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Kecha, 23 iyun kuni “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tgan anjumanda gruziyalik afsonaviy to`purar, bungacha Turkiya hamda Isroil klublarida faoliyat ko`rsatgan Shota Arveladze “Paxtakor” bilan shartnomaga imzo chekdi.
Shartnoma imzolangach, klub Prezidenti Bobur Shodiev Shota Arveladzega jamoa libosini taqdim etdi.

Shuningdek, “Paxtakor” Chernogoriya terma jamoasi himoyachisi Marko Simichni ham o`z safiga qo`shib oldi. Futbolchi kelasi ikki yarim yil davomida “sherlar” sharafini himoya qiladi. Rlub Prezidenti Bobur Shodiev unga 55-raqamli libosni topshirdi.
