Yoshlar Ligasi: «Qo`qon-1912» safarda «Bunyodkor»ni mag`lubiyatga uchratdi

Yoshlar Ligasi 13-turidan o`rin olgan so`nggi uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda «Bunyodkor» yoshlari «Qo`qon-1912» o`rinbosarlarini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mazkur turdan keyin «Sho`rtan» turnir jadvalida etakchilikni saqlab qoldi.

Yoshlar Ligasi, 13-tur

15 iyun, payshanba

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 1:2. 72 tomoshabin.

Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi) – 8,2, O. Kalaxo`jaev – 8,2, R. Karimov – 8,2, A. Risqullaev – 9

Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Gollar: A. Roziqov (52) – M. Hasanov (53, 68).

Ogohlantirishlar: D. Mirabdullaev (19), A. Roziqov (42), D. Esonqulov (45+1), N. Mavlonov (59) – D. Baratov (68).

Chetlatish: A. Roziqov (ikkinchi ogohlantirish, 81).

mib
uzcard
cola
apex
bmb