«Mash`al» – «Neftchi» uchrashuvi o`tkazilish joyi o`zgardi

Oliy Liga 14-turidan o`rin olgan «Mash`al» (Muborak) – «Neftchi» (Farg`ona) uchrashuvi 19 iyun kuni G`uzor shahridagi «Sho`rtan» stadionida bo`lib o`tadi.

Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda ta`mirlash ishlari davom ettirilayotgani sababli shunday qarorga kelindi.

Eslatib o`tamiz, Qarshining «Nasaf» jamoasiga tegishli «Markaziy» stadionida rekonstruktsiya ishlari olib borilganligi bois qarshiliklar birinchi davrada uy uchrashuvlarini aynan «Sho`rtan» stadionida o`tkazib kelayotgan edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb