
O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining nimchorak final dastlabki o`yinlaridan o`rin olgan so`nggi ikkita o`yin bo`lib o`tdi.
«Lokomotiv» o`z maydonida «Qizilqum» darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. «Neftchi» 1:0 hisobida «Navbahor»ni mag`lubiyatga uchratdi.
Avvalroq «Bunyodkor», «Nasaf» va «Qo`qon-1912» turnirning 1/8 finalida g`alabaga erishgani haqida xabar berilgandi.
O`zbekiston Kubogi. 1/8 final
Dastlabki uchrashuvlar. 23 may (seshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qizilqum» (Navoiy) – 5:0. 572 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,6, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,3, R. No``monov (Toshkent) – 8,6, D. Muxtorov (Toshkent) - 9
Inspektor: O. Rubakov (Toshkent).
Gollar: M. Bikmaev (7), D. Masharipov (19, 44), D. Turopov (39, 74).
Ogohlantirish: Sh. Jo`raev («Qizilqum», 90).
«Neftchi» (Farg`ona) – «Navbahor» (Namangan) – 1:0. 1723 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro) – 8,5, A. Kuldashev (Buxoro) – 8,4, B. Qodirov (Buxoro) – 8,4, O. Tuychiboev (Farg`ona) - 9
Inspektor: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: Sh. Hakimov (39, penalti).
Ogohlantirishlar: A. Abdulakov (44), D. Rasulov (47), U. Qodirov (60), Sh. Hakimov (90+1) – D. Mehmonov (38), D. Jabborov (44), T. Shamsitdinov (55), A. Aliev (58), M. G`ofurov (82).
Chetlatish: A. Samatov («Navbahor», 14).