O`zbekiston Kubogi–2017 nimchorak final uchrashuvida o`zgarish bo`ldi

O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasi 1/8 finalidan o`rin olgan “So`g`diyona” (Jizzax) – “Buxoro” (Buxoro) uchrashuvining “uyda-safarda” o`tkazilish tartibi o`zgardi.

Qur`a natijasiga ko`ra, dastlabki uchrashuv 22 may kuni Jizzax shahrida, javob o`yini esa 30 may sanasida Buxoro shahrida o`tkazilishi kerak edi.

Biroq “Barkamol avlod–2017” musobaqasining final bosqichi Jizzax shahrida o`tkazilishi munosabati bilan, 22 may kuniga belgilangan dastlabki o`yinni Buxoro shahrida, 30 may kunidagi javob o`yinni esa Jizzax shahrida o`tkazishga qaror qilindi. 

O`zbekiston Kubogi, 1/8 final

Dastlabki uchrashuv

22 may, dushanba

 Buxoro (Buxoro) – So`g`diyona (Jizzax)

Javob uchrashuvi

30 may, seshanba

 

So`g`diyona (Jizzax) – Buxoro (Buxoro)

mib
uzcard
cola
apex
bmb