Oliy Liga 9-tur: "Bunyodkor" o`z maydonida "Metallurg" bilan durang o`ynadi

"Bunyodkor" hamda "Metallurg" klublari o`rtasidagi Oliy Liga 9-turi doirasidagi dastlabki uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Ta`kidlash lozim, ikkala jamoa futbolchilari ham uchrashuvda bittadan penaltini aniq amalga oshira olishmagan. Dastlab, Mirg`iyos Sulaymonov mezbonlar darvozaboni Murodjon Zuhurovni dog`da qoldira olmagan bo`lsa, keyinroq, mezbonlarning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Dostonbek Hamdamovning zarbasini "Metallurg" tarkibida eng yaxshi futbolchi, deb topilgan Zafar Safoev bartaraf etdi.

9-tur. 3 may (chorshanba)                                                                          

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:1. 345 tomoshabin.

Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,0, H. Shodmonov (Buxoro) – 9,0, A. Qo`ldoshev (Buxoro) – 9,0, N. Qosimov (Qarshi) - 9

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

O`zPFL vakili: N. Lutfulin.

«Bunyodkor»: 25. M. Zuhurov, 2. R. Ashurmatov, 4. A. Komilov, 9. Sh. Nurmatov, 16. A. Sanoev (10. E. Shomurodov, 68), 17. D. Hamdamov, 19. N. To`xtasinov (8. J. Ibragimov, 57), 20. S. Azimov (11. V. Chemirtan, 78), 21. D. Ahmadaliev, 28. D. Umirov, 29. O. Shukurov.

Zaxira: 45. D. Hamroev, 5. J. Mirabdullaev, 23. N. Kamolov, 97. J. Esonqulov.

«Metallurg»: 1. Z. Safoev, 4. X. Xoshimov, 11. M. Toshmatov (8. A. No``monov, 72), 13. S. Qodirqulov (6. D. Karimov, 78), 14. D. Karimqulov, 15. Z. Abdullaev, 17. M. Sulaymonov, 19. A. Ziyovutdinov (3. V. Mageramov, 83), 20. D. Tursunov, 40. I. Qobilov, 70 J. Abdumo`minov.

Zaxira: 32. S. Sultonov, 7. D. Odilov, 27. M. Kahramonov, 95. T. Usmonov.

Gollar: D. Hamdamov (9) – A. Ziyovutdinov (51).

64-daqiqada M. Sulaymonov hamda 78-daqiqada D. Xamdamov penaltini aniq amalga oshira olmadilar.

Preduprejden: N. To`xtasinov (53).

 

Eng yaxshi o`yinchilar: D. Hamdamov – Z. Safoev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb