OChL–2017. “Lokomotiv” gollarga boy o`yinda “Al-Tavun” bilan jangovar durang qayd etdi

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi o`z yakuniga etdi. Gollarga boy kechgan o`yinda 4:4 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida saudiyaliklar hujumchisi Abdulmajid al-Suvat hisobni ochgan bo`lsa, 3 daqiqadan keyin Marat Bikmaev muvozanatni tikladi. 

31-daqiqada “Al-Tavun” futbolchisi o`z jarima maydonchasida Jaloliddin Masharipovni yiqitgani uchun hakam saudiyalikar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan Marat Bikmaev mo`ljalda adashmadi va hisobni oshirdi.

38-daqiqada “Al-Tavun” foydasiga penalti belgilandi. Saudiyaliklar sardori tomonidan berilgan zarbani Ignatiy Nesterov qaytardi va hisob o`zgarmay qoldi – 2:1.  Tanaffusgacha ushbu hisob saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo`limning ilk daqiqalarida Marat Bikmaev o`z hisobiga xet-trik yozib qo`ydi. Ammo “temiryo`lchilar” xotirjamlikka berildi va buning natijasida 65 va 69-daqiqalarda o`z darvozasidan gol o`tkazib yubordi – 3:3.

81-daqiqada Jaloliddin Masharipov individual mahorat evaziga yana hisobni oshirdi – 4:3. O`yin yakunida Rikardo Machado standart vaziyatdan uzatilgan to`pni golga aylantirdi. Yakuniy hisob – 4:4.

Mazkur o`yindan keyin “Lokomotiv” ochkolari sonini 5 taga etkazdi va guruhda so`nggi o`rinda qoldi. “Al-Tavun”da ham 5 ochko, ammo o`zaro o`yinlar natijasiga ko`ra saudiyaliklar 3-pog`onada bormoqda.

OChL–2017. “A” guruhi, 5-tur
 “Lokomotiv” stadioni, Toshkent

 25 aprel, seshanba

“Lokomotiv” – “Al-Tavun” 4:4 (2:1, 2:3)

Gollar: Marat Bikmaev (21, 31, 47), Jaloliddin Masharipov (81) – Abdulmajid al-Suvat (18), Jihon al-Hussayn (65), Alassan N’Diaye (69), Rikardo Machado (90)

Ogohlantirishlar: Marat Bikmaev (42) – Naif Musa (7)

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Bobur Yo`ldoshev, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Murod Bobojonov, 85), Timur Kapadze (Salim Mustafoev, 75), Islom To`xtaxo`jaev, Oleg Zoteev, Diyor Turopov (Quvondiq Ro`ziev, 67), Jaloliddin Masharipov.

“Al-Tavun”: 22.Fahad al-Shammari, Abdulla Kano, Rikardo Machado, Jihod al-Hussayn, Muhammad Abusabaan (al-Baraka, 46), Naif Musa, Mahmud Muaz, Alassan N’Diaye, Said al-Dosari, Luchian Sanmarten (al-Sairi, 63), Abdulmajid al-Suvat.

mib
uzcard
cola
apex
bmb