“Bunyodkor” OChLdagi 18 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyaga barham berdi

Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 5-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” va “Al-Ahli” o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Mazkur o`yinda “qaldirg`ochlar” 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan keyin Akramjon Komilov boshi bilan raqib darvozasiga zarba yo`lladi va hisobni ochdi. Birinchi bo`limda boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo`limda faollikni yanada oshirgan “qaldirg`ochlar” 54-daqiqada hisobni oshirishga muvaffaq bo`lishdi. Bu safar Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan so`ng Eldor Shomurodov gol kiritishga erishdi.

Shu tariqa, Toshkent klubi 3 yilda birinchi marta, ya`ni, 19 o`yinda ilk bor OChL guruh bosqichida g`alaba qayd etishga muvaffaq bo`ldi.

OChL–2017. “S” guruhi, 5-tur
“Bunyodkor” stadioni, Toshkent

24 aprel, dushanba

“Bunyodkor” – “Al-Ahli” 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: Akram Komilov (8), Eldor Shomurodov (54)

Ogohlantirishlar: Mirjamol Qosimov (62), Dilshodbek Ahmadaliev (68)

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To`xtasinov (Alishev Sanoev, 82), Sardorbek Azimov (Javohir Esonqulov, 86), Dilshodbek Ahmadaliev, Davronbek Umirov, Otabek Shukurov, Hurshid G`iyosov (Mirjamol Qosimov, 58).

“Al-Ahli”: Yosir al-Musaylim, Salman Muhammad (Al Mogahvi, 62), Taysir al-Jassam, Umar al-Soma, Yannis Fetfattsidis, Muhammad Abdulshafi, Oqil al-Sahobi, Said al-Muvallad, Mutaz Havsavi (Amir Fahad, 83), Abdulfattoh Asiri (Muhannad Radiya, 62), Saad Abdulamir.

mib
uzcard
cola
apex
bmb