OChL: "Lokomotiv" Toshkentda "Istiqlol" bilan durang o`ynadi

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 4-turida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z maydonida Tehronning “Istiqlol” klubini qabul qildi.

“Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Marat Bikmaev hisobni ochgan bo`lsa, 87-daqiqada Kaveh Rizoi muvozanatni tikladi.

Mazkur o`yindan keyin “Lokomotiv” 4 ochko bilan hozircha 2-o`ringa ko`tarilib oldi. Ochkolari hisobini 7 taga etkazgan “Istiqlol” guruhda peshqadamlikni saqlab qoldi.

OChL–2017. “A” guruhi, 4-tur

Toshkent, “Lokomotiv” stadioni

11 aprel, seshanba

“Lokomotiv” – “Istiqlol” Tehron 1:1

Gol: Marat Bikmaev (13) – Kaveh Rizoi  (87)

Ogohlantirishlar: Gorbani (19), Maxaradze (39)

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Bobur Yo`ldoshev (Sherzod Fayziev, 79), Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Oleg Zoteev, Muhammad Kone, Diyor Turopov (Quvondiq Ro`ziev, 64), Jaloliddin Masharipov (Nore Krizo, 85).

 

“Istiqlol”: Mahdi Rahmati, Robson Januario, Umid Ibrohimi, Kaveh Rizoi, Farshid Bageri, Ali Gorbani (Barzai, 83), Milad Zakipurkinji, Vorya G`ofuri (Haydari, 62), Said Karimi (Ansari, 58), Farshid Ismoili, Leandro Padovani.

mib
uzcard
cola
apex
bmb