
O`zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida 5 uchrashuv bo`lib o`tdi.
Ushbu uchrashuvlarning to`rttasida Oliy Liga klublari safarda O`zbekiston Birinchiligi jamoalarini mag`lub etdi. Oliy Liganing yana bir vakili “Obod” esa, mazkur bosqichda safarda o`z raqibiga kutilmaganda yirik hisobda mag`lub bo`ldi. Safarda “Yoz`yovon-Lochinlari”ga qarshi maydonga tushgan “Obod” uchrashuvda o`z darvozasidan javobsiz oltita to`p olib chiqdi.
“Yoz`yovon-Lochinlari” 1/8 final bosqichida “Istiqlol” – “Mash`al” uchrashuvi g`olibi bilan o`ynaydi.
O`zbekiston Kubogi. 1/16 final
24 mart (juma)
«Uz-Dong-Ju» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro) – 0:1. 201 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent) – 8,4, R. Fozilov (Namangan) – 8,2, M. Majidov (Namangan) – 8,3, V. Agishev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
Gol: B. Omonov (70).
Ogohlantirishlar: E. Ravshanov (7), N. Umurov (50), A. Shog`ulomov (65), K. Pasichnik (barchasi-«Buxoro», 81).
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:7. 472 tomoshabin.
Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus) – 8,0, D. Sarsenov (Nukus) – 8,3, B. Kannazarov (Nukus) – 8,3, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Sh. Erkinov (33, 66, 76, 80), B. Abduholiqov (40), Sh. A`zamov (63), D. Rahmatullaev (86).
«Zomin» (Zomin) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:2. 3105 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent) – 8,5, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,5, A. Tsapenko (Toshkent vil.) – 8,5, M. Turdiev (Jizzax) - 8
Nazoratchi: B. Tog`aev (Toshkent).
Gollar: D. Toshmatov (6) – S. Sulaymonov (16), B. Isroilov (22).
Ogohlantirishlar: E. Karimov (63) – M. Lokaev (82).
Chetlatish: O. Sa`diev («Zomin», 44).
«Yoz`yovon-Lochinlari» (Yozyovon) – «Obod» (Toshkent) – 6:0. 500 tomoshabin.
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon) – 9,0, A. Marajabov (Andijon) – 9,0, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 9,0, O. Tuychiboev (Farg`ona) – 9,0
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
Gollar: B. Maxtiraliev (27, 29, 60), Z. Ismoilov (51), D. Dadaboev (59), Sh. Abdurahmanov (90+1).
Ogohlantirishlar: Sh. Abdurahmonov (16), B. Abdumannonov (36), U. Olimov (88) – D. Omonov (26), M. Olimov (29).
Chetlatishlar: M. Qosimov (78) – U. Inoyatullaev (72).
«Xotira-79» (Uychi) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 1:2. 854 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon) – 8,0, A. Usmonov (Toshkent) – 8,4. T. Gaynulin (Toshkent) – 8,4, A. Risqullaev (Toshkent) - 8
Nazoratchi: R. Serazetinov (Toshkent).
Gollar: A. Xojimirzaev (42) - Z. Polvonov (9,34).
Ogohlantirishlar: S. Telyakov (54), M. Sobirov (58) – I. Taran (51), S. Akbarov (90+2).