
O`zbekiston Kubogi 1/16 final bahslaridagi ikki juftlikning o`yin o`tkazish joyi o`zgardi.
Unga ko`ra, “Xorazm” (Urganch) – “Navbahor” (Namangan) hamda “Orol” (Nukus) – “So`g`diyona” (Jizzax) klublari o`rtasidagi uchrashuvlar Urganch hamda Nukusdagi stadionlar tayyor emasligi bois, Namangan (25 mart) hamda Jizzax (26 mart)ga ko`chirildi.
O`zbekiston Kubogi 1/16 finalidan o`rin olgan “Nurafshon” (Buxoro) hamda “Paxtakor” (Toshkent) o`rtasidagi o`yin esa, “Paxtakor” klubidan bir necha nafar futbolchi milliy terma jamoaga chaqirilgani bois, 24 martdan 10 aprel kuniga ko`chirildi.