Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan “Navbahor” hamda “Neftchi” klublari o`rtasidagi o`yin, Namangandagi stadionda “Navro`z” bayramiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishi tufayli 18 mart kunidan 16 martga ko`chirildi. Mazkur jamoalarning Yoshlar Birinchiligi doirasidagi o`yini esa 15 mart kuni bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, 3-turdan o`rin olgan “Metallurg” – “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvlari ham qoldirilgan edi.