Oliy Ligaga qaytgan “Dinamo” klubi uch turdan so`ng yuz foizlik natija ko`rsatib, Oliy Liga peshqadamligini mustahkamladi.
Dinamo “Metallurg” hamda “Sho`rtan”dan so`ng, 3-turda safarda “Paxtakor”ni ham mag`lub etdi va 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo`lga oldi.
3-tur. 12 mart (yakshanba)
«Paxtakor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 0:1. 2117 tomoshabin.
Hakamlar: Olim Tolibjonov (Toshkent) – 8,5, Jalgasbay Sarsenov (Nukus) – 8,2, Bektursun Kannazarov (Nukus) – 8,4, Sultan Abdurahmonov (Toshkent) - 8
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).
«Paxtakor»: 1. B. Ergashev, 4. A. Oroxovats, 5. A. Ismatullaev (21. K. Tojiev, 76), 7. A. Ahmedov, 10. J. Iskandarov, 11. I. Sergeev, 17. S. Nurulloev (20. J. Hakimov, 69), 24. D. Hoshimov, 28. S. Andreev (8. Sh. Karimov, 53), 29. V. Kozak, 30. Yu. Bulyat.
Zaxira: 12. A. Lobanov, 2. O. O`runov, 3. X. Alijonov, 34. X. Avilov.
«Dinamo»: 1. M. Naumov, 2. M. Lokaev, 3. B. Isroilov, 6. A. Bozorov, 8. D. Azimov, 9. S. Sulaymanov (23. K. Sharofutdinov, 90 + 1), 10. J. Qaxramonov, 15. Sh. Xolmatov, 18. D. Nizanov (14. R. Rogak, 64), 19. O. Mamajonov (11. A. Abdullaev, 69), 22. A. Isroilov.
Zaxira: 16. R. Toshturdiev, 4. X. Alamxanov, 13. A. Mamatov, 20. A. Safarov.
Gol: R. Rogak (88).
Ogohlantirishlar: Sh. Xolmatov (76), A. Ahmedov (84), D. Hoshimov (85).
Eng yaxshi o`yinchilar: J. Iskandarov – M. Naumov