O`zbekiston Kubogi 1/16 final o`yinlari sanalari tasdiqlandi

O`zbekiston Kubogi 1/16 final o`yinlari sanasi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, turnir 19 mart kuni ilk saralash bosqichi o`yinlari bilan start oladi. Unda, O`zbekiston Birinchiligining to`rt debyutanti o`zaro o`ynaydi.

1/16 final bahslari 24-25 mart kunlari bo`lib o`tadi. Unda Oliy Liganing 14ta jamoasi Birinchi Liga jamoalariga qarshi safarda o`ynaydilar.

O`zbekistonning 2016 yilgi chempioni Lokomotiv hamda kumush medal sohibi Bunyodkor o`z ishtirokini 1/8 final bosqichidan boshlaydilar.

O`zbekiston Kubogi. Dastlabki bosqich.

19 mart (yakshanba)

«G`allakor-Barsa» (G`allaorol) - «Surxon» (Termiz)

«Istiqlol» (Farg`ona) - «Yangier» (Yangier)

 

 

O`zbekiston Kubogi. 1/16 final

24 mart (juma)

«Orol» (Nukus) – «So`g`diyona» (Jizzax)

«Uz-Dong-Ju» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro)

«Nurafshon» (Buxoro) – «Paxtakor» (Toshkent)

«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)

«Zomin» (Zomin) – «Dinamo» (Samarqand)

«Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – «Obod» (Toshkent)

«Xotira-79» (Uychi) – «Sho`rtan» (G`uzor)

 

25 mart (shanba)

«Norin» (Haqqulobod) – «Qizilqum» (Navoiy)

«G`allakor-Barsa» (G`allaorol)/ «Surxon» (Termiz) - «Qo`qon-1912» (Qo`qon-1912)

«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod)

«Tsementchi» (Quvasoy) – «Olmaliq» (Olmaliq)

«Istiqlol» (Farg`ona)/»Yangier» (Yangier) – «Mash`al» (Muborak)

«Andijon» (Andijon) – «Neftchi» (Farg`ona)

 

«Xorazm» (Urganch) – «Navbahor» (Namangan)

mib
uzcard
cola
apex
bmb