Oliy Liga–2017. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Dinamo” mavsumni g`alaba bilan boshladi

Futbol bo`yicha XXVI O`zbekiston chempionati — Oliy Liga–2017 mavsumiga bugun, 3 mart kuni start berildi.

Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Muborakda “Mash`al” jamoasini kichik hisobda mag`lubiyatga uchratdi – 1:0. O`yindagi yagona golga Marat Bikmaev mualliflik qildi.

Toshkentning yana bir jamoasi – “Paxtakor” o`z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

O`tgan mavsum natijasiga ko`ra Oliy Ligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” klubi Bekobodda “Metallurg” ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Qayd etish joiz, joriy mavsumdagi ilk golni “Metallurg” a`zosi Davron Karimqulov o`z darvozasiga kiritdi.

Oliy Liga–2017

1-tur. 3 mart (juma)

Mash`al" (Muborak) – Lokomotiv (Toshkent) – 0:1 (2024 muxlis)

Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro) – 8,5, Husnuddin Shodmonov (Buxoro) – 8,6, Abdurahmon Kuldashev (Buxoro) – 8,6, Elyor Tursunov (Buxoro) - 9

Nazoratchi: Sayfitdin Irmatov (Toshkent).

O`zPFL vakili: Sanjar Rizaev.

Gol: M. Bikmaev (62).

Ogohlantirishlar: A. Olimov (33), S. Rahmonov (58) – M. Bikmaev (71).

Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Qo`ziboev – M. Bikmaev.

 

Paxtakor (Toshkent) – “Qizilqum” (Navoiy) – 3:1 (4153 muxlis)

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent) - 8,6, Timur Galeev (Toshkent) – 8,6, Akbar Po`latov (Toshkent) – 8,5, Igor Xudaydatov (Toshkent) - 9

Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

O`zPFL vakili: Farhod Magametov.

Gollar: J. Iskanderov (7, 75), S. Andreev (55) – A. Allaniyozov (34).

75-daqiqada J.Iskanderov penaltidan gol ura olmadi.

Ogohlantirishlar: S. Andreev (43), D. Hoshimov (90+2) – yo`q.

Eng yaxshi o`yinchilar: J. Iskanderov – A. Allaniyozov.

 

Metallurg (Bekobod) – Dinamo (Samarqand) – 0:2 (1029 muxlis)

Hakamlar: Dmitriy Pislegin (Toshkent) – 8,2, Alisher Usmonov (Toshkent) – 8,7, Timur Gaynulin Toshkent) – 8,7, Jasur Muxtorov (Toshkent) - 9

Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).

O`zPFL vakili: Nail Lutfulin.

Gollar: D. Karimqulov (55, avtogol), A. Bozorov (89).

Ogohlantirishlar: D. Tursunov (57), Z. Abdullaev (90) – D. Azimov (39), B. Isroilov (82).

Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Abdullaev – D. Qahramonov.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb