
OChL–2017“S” guruhi 2-turidan o`rin olgan uchrashuvda “Bunyodkor” o`z maydonida“Al-Ayn” klubiga 2:3 hisobida mag`lub bo`ldi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Umar Abdulrahmon jarima zarbasini bexato bajarib, hisobni ochdi. 2 daqiqa o`tar-o`tmas Vadim Chemirtan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. 15-daqiqada Lukas Kayo “Al-Ayn”ni yana oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo`lim yakunida, aniqrog`i 43-daqiqada Vadim Chemirtanning chap qanotdan uzatgan to`pini Doston Hamdamov raqib darvozasiga aniq yo`lladi – 2:2.
Ikkinchi bo`limda har ikki jamoada hisobni oshirish uchun bir qator vaziyatlar vujudga kelgandi. 72-daqiqadan boshlab “Bunyodkor” 1 kishi kam bo`lib qoldi. Akram Komilov ikkinchi marta hakam tomonidan ogohlantirildi va maydonni tark etdi.
89-daqiqaga kelib “Bunyodkor” darvozasi tomon penalti belgilandi. Jarima nuqtasiga kelgan Umar Abdulrahmon mo`ljalda adashmadi – 2:3. Shu tariqa “qaldirg`ochlar” OChL musobaqasidagi qatorasiga ikkinchi mag`lubiyatini qabul qildi.
OChL–2017. “S” guruhi, 2-tur
“Bunyodkor” (O`zbekiston) – “Al-Ayn” (BAA) 2:3
Gollar: Vadim Chemirtan (10), Doston Hamdamov (43) – Umar Abdulrahmon (8, 89), Lukas Kayo (15)
Ogohlantirishlar: Vadim Chemirtan (27), Nurillo To`xtasinov (30), Akram Komilov (67), Rustam Ashurmatov (90) – Ahmad Barman (45).
Chetlatish: Akram Komilov (72)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan, Alisher Sanoev (Otabek Shukurov, 54), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To`xtasinov (Xurshid G`iyosov, 73), Dilshod Ahmadaliev (Javohir Esonqulov, 90).
“Al-Ayn”: Holid Eysa, Ismoil Ahmad, Lukas Kayo, Umar Abdulrahmon, Ahmad Barman (Danillo Asprilla, 69), Holid Abdulrahmon, Muhammad Al Raqiy, Moxnad Salim, Nosir Al Shamroni (Diaki, 66), Li Myung Ju, Bandar Al Ahbabi (Dovud Ali, 36).