
Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 2-turidan o`rin olgan o`yinda “Lokomotiv” o`z maydonida“Al-Ahli” klubini 2:0 hisobida mag`lub etdi.
Uchrashuvning 20-soniyasidayoq Salamat Quttiboev hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Birinchi bo`limda “Al-Ahli”da hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo`lgandi, ammo hisob o`zgarmadi va jamoalar tanaffusga “Lokomotiv”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo`limni faol boshlagan “temiryo`lchilar” 57-daqiqada kelib hisobda oldinga chiqib oldi. Sardor Mirzaev aniq uzatmasi bilan Marat Bikmaevni qulay vaziyatga olib chiqdi va u mo`ljalda adashmadi – 2:0.
O`yin oxiriga qadar ushbu hisob o`zgarmadi va “Lokomotiv” OChL–2017 turniridagi dastlabki uch ochkosiga ega bo`ldi.
OChL–2017. “A” guruhi, 2-tur
“Lokomotiv” – “Al-Ahli” 2:0
Gollar: Quttiboev (1), Bikmaev (57)
Ogohlantirish: Said Ahmad Adbulla (75)
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Salamat Quttiboev (Quvondiq Ro`ziev, 87), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Timur Kapadze, Islom To`xtaxo`jaev, Shrat Muhammadiev, Oleg Zoteev (Sherzod Fayziev, 90), Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov (Nore Krizo, 72).
“Al-Ahli”: Hamis Salmin, Asamoa Gyan (Said Jassim Hasan, 25), Al Fardan, Volid Abbos, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil, Majid Nosir, Muhammad Sebil (Abdulaziz Husayn Haikal, 46), Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan (Said Ahmad Abdulla, 73), Makete Diop.