Andrey Miklyaev: Ertaga nominal hujumchi bilan o`ynaymiz

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo`lchilar” ustozi Andrey Miklyaev va hujumchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

“Ertangi uchrashuv mas`uliyatini his qilib turibmiz. O`tgan turda ochko yo`qotganimiz yomon bo`ldi. “Al-Ahli” kuchli jamoa bo`lsa-da, ularni mag`lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. Ertaga hujumkor o`yin namoyish qilamiz. Futbolchilarda jarohatlar bo`lgani uchun “Al-Taavon”ga qarshi o`yinda Jaloliddin Masharipov hujumda sinab ko`rdik. Ikrom Aliboev hamon jarohatda, uning tizzasida muammo bor. Shuningdek, Murod Bobojonov va Diyor Turopov ertaga maydonga tusha olmaydi.

Marat Bikmaev o`tgan turda raqibning provokatsiyasiga uchradi. O`yindan keyin u bilan suhbatlashib, asabni jilovlash kerak ekanini aytdik.  Ignatiy Nesterov “Al-Taavon” bilan o`yinda xato qildi, ammo u hamon asosiy darvozabon. Bunday xatolar boshqa takrorlanmaydi deb o`ylaymiz”, – dedi Miklyaev.

“Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan o`ynaymiz. Ochko yo`qotmasligimiz kerak. Eng asosiysi bo`lajak o`yinda 3 ochko olish. “Lokomotiv”ga o`tganimda biroz hayajon bo`ldi, ammo murabbiy va futbolchilar yaxshi kutib oldi, ular bilan chiqishib ketdik.  “Lokomotiv” hamon OChL yarim finaliga chiqishga ishonadi. Dastlabki turdagi mag`lubiyatga qaramay, rahbariyat qo`ygan maqsadni amalga oshiramiz”, – dedi Masharipov.

Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” va “Al-Ahli” uchrashuvi ertaga, 27 fevral kuni TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb