O`zbekiston OFKga a`zo futbol federatsiyalari reytingida 9-o`rinni saqlab qoldi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga a`zo mamlakatlar federatsiyalarining yangi texnik reytingini e`lon qildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston 45,524 ochko bilan 9-o`rinni saqlab qoldi hamda “G`arb” mintaqasi zonasidagi assotsiatsiyalar orasida 5-pog`onaga joylashdi.

OFK reytingida BAA (96,566 ochko) peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni mos ravishda Janubiy Koreya (89,238) va Qatar (78,842) egallagan.

 

Qayd etish joiz, OFK tomonidan kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra, yangi texnik reyting FIFA reytingidagi ballarning 10 foizi, tegishli assotsiatsiyalar klublarining OChL va OFK Kubogi xalqaro musobaqalarida jamg`argan ballarining 90 foizidan tashkil topgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb