OChL, prevyu: "Bunyodkor" va "Nasaf" safarda guruh bosqichi yo`llanmasi uchun kurash olib borishadi

Toshkentning Bunyodkor hamda Qarshini "Nasaf" klublari 7 fevral kuni safarda OChL guruh bosqichi yo`llanmasi uchun pley-off bosqichi o`yinlarida maydonga tushadilar. "Bunyodkor" Doxada "Al Jaish"ga qarshi o`ynasa, "Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Fath" klubiga qarshi maydonga tushadi.

"Al Fath" - "Nasaf".

"Nasaf" pley-off dastlabki bosqichida Bahraynning "Al Hidd" klubini yirik 4:0 hisobida mag`lub etgan va keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritgan edi. Ushbu bosqichda "Nasaf" guruh bosqichi yo`llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining "Al Fath" klubiga qarshi maydonga tushadi. 

Saudiya Arabistonining Al Fath klubiga qarshi o`yin Al Ahsa shahridagi Abdulla Bin Jalavi stadionida bo`lib o`tadi. Ushbu klub bungacha 2014 yilgi mavsumda OChL guruh bosqichida ishtirok etgan. O`tgan mavsum yakuniga ko`ra esa, jamoa Saudiya Arabistoni chempionatida 4-o`rinni egallagan va OChL pley-bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritgan. 

Ta`kidlash joiz, mavsum avvalida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan portugaliyalik Rikardu Sa Pintu Saudiya Arabistoni chempionati 4-turidan so`ng iste`foga chiqarilgan edi. Uning o`rniga mahalliy mutaxassis Fatxi al Jabal jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan. 

“Al-Fath” ustozi Fathi Al Jabal: “Nasaf”ga qarshi o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik, uchrashuvda maydonga tushishi kerak bo`lgan tarkibimizni aniqlab, ularni har tomonlama  o`yinga tayyorladik. Bizning maqsadimiz g`alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqish. “Nasaf”ni har tomonlama o`rganib chiqdik, jamoa OChL musobaqalarida katta tajribaga ega. Shunday bo`lsa-da, biz o`z maydonimizda – muxlislarimiz ko`z o`ngida o`ynaymiz. O`ylaymanki, bizga bu qo`shimcha kuch bag`ishlaydi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev: “Al-Fath” Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo`lajak o`yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g`alaba uchun harakat qilamiz. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz.  

 “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O`zbekiston)

7 fevral, 2017. Al-Ahsa. “Abdulla Bin Jalavi” stadioni, 20:00

Bosh hakam: Ko Xyuing Jin (Janubiy Koreya);

Qanot hakamlari: Park Sangjun, Song Bonkyun (har ikkisi Janubiy Koreya);

Zaxira hakami: Kim Vusang (Janubiy Koreya);

Hakamlar nazoratchisi: Abdul Karim Said Husayniy (Iordaniya);

Uchrashuv komissari: Kemel Tukabaev (Qirg`iziston).

"Al Jaish" - "Bunyodkor"

Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Qatarda “Al-Jaish” bilan kuch sinashadi. Toshkentliklarning O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov to`p surayotgan Qatar klubiga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi. Ushbu o`yin Sport telekanalida kechki dasturda yozib olingan holda namoyish etiladi. “Al-Jaish” – “Bunyodkor” o`yini g`olibi “C” guruhida “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) “Zob Ohan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) klublariga ro`baro keladi. Ta`kidlash lozim, jamoani hozirda frantsiyalik mutaxassis Sabri Lyamushi boshqarmoqda.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari fikrlari:

“Al-Jaish” bosh murabbiyi Sabri Lyamushi: “Bunyodkor” haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Bu jamoa Osiyoning etakchi klublaridan biri. Jamoa yosh futbolchilardan tashkil topgan. “Bunyodkor”ga qarshi o`yin juda qiziqarli o`yin bo`ladi, deb o`ylayman. “Al-Jaish” kurashga tayyor. Chempionatdagi ishlarimiz yurishmayotan bo`lsa-da, Osiyo Chempionlar Ligasiga bu jihat ta`sir o`tkazmaydi. Biz uyda o`ynaymiz. G`olib esa bitta o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi. Shunday ekan, “Al-Jaish”da kichik ustunlik bor va bundan foydalanishga harakat qilamiz.

“Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan: Pley-off uchrashuvini ilk bor safarda o`tkazyapmiz. Fikrimcha, bu jihat bizga qo`shimcha muammolar to`g`dirmaydi. “Bunyodkor” mehmonda o`ynashni juda yaxshi biladi. Imkoniyatlar teng. Bo`lajak bahsga maxsus reja asosida tayyorgarlik ko`rdik. Jami 12 ta nazorat uchrashuvi o`tkazdik va jamoani yanada shakllantirdik. Qo`l ostimdagilar Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi qadrini juda yaxshi tushunadi va buni yaxshi his etib turishibdi. Biz bahsga tayyormiz.

“Al-Jaish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O`zbekiston)

7 fevral, 2017. Doha. “Abdulloh bin Xalifa” stadioni, 20:15

Bosh hakam: Adham Makhadmeh (Iordaniya);

Qanot hakamlari: Ahmad Al Roalle, Issa Mahmud Al Amavi (ikkalasi Iordaniya);

Zaxira hakami: Murod Ahmad Al Zavahreh (Iordaniya);

Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan). 

mib
uzcard
cola
apex
bmb