“Paxtakor” yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv” klubiga 6 oyga ijaraga berildi.
“Paxtakor” klubi rasmiy sayti, futbolchi yangi mavsumni “Lokomotiv”da boshlashini tasdiqladi. “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Masharipov, “Lokomotiv”ga 6 oyga ijaraga berilgan.
Ta`kidlash joiz, yarim himoyachi Oliy Ligada 64ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangan. Shuningdek, "Paxtakor" uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to`p kiritgan bo`lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo`lgan.