OChL: “Nasaf” o`z maydonida “Al Hidd”ni yirik hisobda mag`lub etdi

Qarshinig “Nasaf” klubi OChL pley-off dastlabki bosqichida Bahraynning “Al Hidd” klubini yirik hisobda mag`lub etdi – 4:0.

“Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tgan o`yinda Ro`ziqul Berdiev jamoasi o`yin davomida raqibidan ustunlik qildi va yakunda yirik hisobda g`alaba qozondi. Uchrashuvda “Nasaf” tarkibida gollar Shahboz Erkinov, Igor Golban, Doniyor Narzullaev hamda Dragan Cheran hisobiga yozildi.

Mazkur g`alabadan so`ng “Nasaf” futbolchilari OChL–2017 pley-off bosqichiga yo`l oldi. Navbatdagi bosqichda Ro`ziqul Berdiev shogirdlari guruh bosqichi yo`llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubi bilan kuch sinashadi.

OChL–2017 o`tish bosqichi

“Nasaf” (Qarshi) – “Al-Hidd” (Bahrayn) — 4:0

Gollar: Shahboz Erkinov (16), Igor Golban (26), Doniyor Narzullaev (76), Dragan Cheran (90).

 “Nasaf”: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Akmal Shorahmedov, 6. Aziz G`aniev, 15. Shahboz Erkinov (Bobir Abduxoliqov, 78), 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Islom Kenjaboev (Doniyor Narzullaev, 68), 22. Igor Golban, 23. Sherzod A`zamov, 33. Odiljon Hamrobekov (Dilshod Rahmatullaev, 85), 34. Farrux Sayfiev, 69. Dragan Cheran.

 “Al-Hidd”: 1. Abbos Ahmad, 2. Abdulla Fatadi (Ahmad Alxattal, 55), 6. Uche Agba, 7. Muhammad Al-Dovud, 10. Akarandut Orok, 15. Ibrohim Al-Obaydli, 16. Said Muhammad Adnan, 17. Ifedayo Olusegun, 18. Isa Musabbeh, 23. Rashid Al-Huti, 24. Ahmad Bug`ammar.

Ogohlantirish: Ahmad Bug`ammar (49).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb