
Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev “Al Hidd” klubiga qarshi o`yindan oldingi matbuot anjumanida raqib juda tartibli o`yin namoyish etishini ta`kidladi.
“Al Hidd”ga qarshi o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik. Ertaga chiroyli va mazmunli o`yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ertangi o`yinda g`alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqishni istaymiz”, - deydi Berdiev.
“Raqib kuchli jamoa. Ular Bahrayn chempioni va Kubogi sohibi sanaladi. Qolaversa, jamoa yangi murabbiyga ega va ular ancha tartibli va sifatli o`yin namoyish etadilar. Ularning o`yinini o`rganib chiqdik. Ular himoyada ancha tartibli o`yin namoyish etadigan jamoa ekanligini ko`rdik. Tarkib borasida jiddiy muammolar yo`q, faqatgina darvozabon Eldor Suyunov jarohati bois, ertaga bo`ladigan uchrashuvni o`tkazib yuboradi”, - deydi Ro`ziqul Berdiev.