
Bahraynning “Al Hidd” klubi ustozi Muhammad Al Shamlan uning jamoasi Nasafga qarshi o`yinga tayyor ekanini ta`kidladi.
“Nasaf” hamda “Al Hidd” klublari o`rtasidagi o`yindan oldin o`tkazilgan matbuot anjumanida dastlab Al Hidd klubi bosh murabbiyi Muhammad Al Shamlan hamda jamoa himoyachisi Sayid Muhammad Adnan ishtirok etdi.
“Avvalo, bizga yaratib berilgan sharoitlar uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Bizni ertaga juda qiyin va ahamiyatli o`yin kutib turibdi. Jamoaga kelganimga uch hafta bo`ldi va bu vaqt orasida futbolchilar bilan o`yinga jiddiy tayyorgarlik ko`rdik”, - deydi Al “Hidd” bosh murabbiyi.
“Raqibni etarlicha o`rgandik. Ularning safida yuqori saviyadagi o`yinchilar etarli. Ammo, bizda ham yuqori saviyada o`yin namoyish eta oladigan futbolchilar bor. “Nasaf” ushbu turnirda o`ynash bo`yicha katta tajribaga ega. Ularning o`yinini o`rganib chiqdik. “Nasaf”ning so`nggi besh o`yinini skautlarimiz kutazishdi va ular haqida etarlicha ma`lumotlarga egamiz. Ertaga bo`ladigan o`yin barchaga yoqadi, deb umid qilaman”, - deydi Al Shamlan.