
Osiyo Chempionlar Ligasi saralash doirasidagi “Nasaf” hamda “Al Xidd” klublari o`rtasidagi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani 30 yanvar kuni soat 12:00da boshlanadi.
O`yinoldi matbuot anjumni Bunyodkor stadioni anjumanlar zalida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Dastlab, soat 12:00da “Al Xidd” klubi vakillari jurnalistlar savollariga javob bersa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” klubi vakillari ishtirok etishadi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg`ulotlar vaqti ham tasdiqlandi. Unga ko`ra, dastlab “Nasaf” soat 15:00da rasmiy mashg`ulotini boshlaydi. Bahraynning “Al Xidd” klubi mashg`uloti esa, soat 16:00da boshlanadi. Mashg`ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq tarzda o`tadi.
Ma`lumot uchun, ikkala jamoa o`rtasidagi o`yin 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin soat 16:00da boshlanadi.
OChL-2017, o`tish bosqichi.
“Nasaf” (Qarshi) - “Al-Xidd” (Bahrayn)
31 yanvar.
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. Soat 16:00
Bosh hakam: Gamini Nivon Robish (Shri-Lanka)
Laynsmenlar: Loku Udayakantha, Vellabada Primalal (ikkisi Shri-Lanka)
Zaxira hakami: Rajakrishna Rajaratnam (Shri-Lanka)
Nazoratchi: Umar Muso Abu Loum (Iordaniya)
Komissar: Talal Al Alsvaylmin (Iordaniya)