"Nasaf" hamda "Al Xidd" klublari o`rtasidagi o`yin soat 16:00da boshlanadi

“Nasaf” klubi ushbu mavsumda O`zbekiston klublari ichida birinchi bo`lib Osiyo Chempionlar Ligasida maydonga tushadi.

Ro`ziqul Berdiev jamoasi 31 yanvar kuni o`z maydonida OChL pley-off bosqichida Bahraynning “Al Xidd” klubini qabul qiladi. Avvalroq xabar berilganidek, mazkur uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. Mazkur uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

 

Ma`lumot uchun, mazkur o`yin g`olibi OChL pley-off keyingi bosqichida guruh bosqichi yo`llanmasi uchun Saudiya Arabistonining “Al Fatex” klubiga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb