Ayni damda, Turkiyaning Antaliya shahrida yig`in o`tkazayotgan “Olmaliq” klubi yig`in davomidagi ilk o`rtoqlik o`yinida Qozog`istonning “Akjayik” klubini yirik 3:0 hisobida mag`lub etdi.
Olmaliq klubi matbuot xizmati xabariga ko`ra, yig`indagi ilk o`rtoqlik o`yinida jamoaga Qozog`istonning “Akjayik” klubi raqiblik qilgan. Yomg`ir ostida kechgan uchrashuvda Viktor Kumikov jamoasi “Akjayik”ni yirik 3:0 hisobida mag`lub etgan. Dastlab, birinchi taymda Zabihillo O`rinboev “Olmaliq”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi taymda Alibobo Rahmatullaev hamda Dilshod Jo`raev tomonidan kiritilgan gollar “Olmaliq”ning yirik hisobdagi g`alabasini ta`minladi.
Mazkur uchrashuvda jamoada ko`rikdan o`tayotgan ikki nafar yangi futbolchi, xorvatiyalik yarim himoyachi Yosip Soljich hamda hujumchi Viktor Klishin hmam maydonga tushishgan.
O`rtoqlik uchrashuvi.
17 yanvar. Turkiya, Belek.
"Olmaliq" - "Akjayik" (Qozog`iston) 3:0
Gollar: Zabihillo O`rinboev 19, Alibobo Rahmatullaev 64, Dilshod Jo`raev 69.
"Olmaliq": Akbar To`raev, Xurshid Muxtorov, Shavkat Mullajonov, Vladislav Kasminin, Islom Inomov, Altimurot Annadurdiev, Dilshod Jo`raev, Igor Yelich, Alibobo Rahmatullaev, Muhammad Isaev, Zabihillo O`rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Momchilo Dulovich, Yosip Soljich, Rahmatillo Berdimurodov, Shohnazar Norbekov, Doniyor Usmonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Viktor Klishin, G`ulomhaydar G`ulomov, Xurshid Xodjaev, Azizbek Suyunov, Murod Rajabov.