Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida yig`in o`tkazayotgan Qarshining “Nasaf” klubi o`zining navbatdagi uchrashuvida Ozarbayjonning “Sumgait” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g`alaba qozondi.
Antaliya shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda “Nasaf” murabbiylar shtabi legioner futbolchilarni maydonga tushirmadi va ularga dam berdi. O`yinning ikkinchi bo`limi 76-daqiqasida Sharof Muhiddinov tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda “Nasaf”ga g`alaba keltirdi.
Ta`kidlash joiz, “Nasaf” yig`in davomida o`tkazgan barcha o`rtoqlik o`yinlarida bir xil 1:0 hisobida raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi.
O`rtoqlik o`yini.
Antaliya, Turkiya.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov (Umid Ergashev 80), Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Maqsud Karimov (s), Farruh Sayfiev (Najmiddin Normurodov), G`olib G`aybullaev, Azizjon G`aniev (Baxrom Abdurahimov 55), Sirojiddin Qo`ziev (Odil Hamrobekov 46), Islom Kenjaboev (Sharof Muhitdinov 70), Bobir Abduxoliqov, Shaxboz Erkinov (Dilshod Xushbakov 80).