Ayni damda BAAning Dubay shahrida yig`in o`tkazayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi o`zining navbatdagi o`rtoqlik o`yinida Shotlandiyaning “Aberdin” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan “Bunyodkor” navbatdagi o`yinda Shotlandiya Chempionati vakili “Aberdin” klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag`lub bo`ldi. “Bunyodkor" safidagi uchrashuvdagi yagona golga Javohir Esonqulov mualliflik qildi.
O`rtoqlik o`yini.
Dubay.
“Aberdin” (Shotlandiya) – “Bunyodkor” (O`zbekiston) 2:1.
Gollar: Xeyes (2), Shenneyi (76) – J. Esonqulov (31).