Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsumga hozirlikni BAAning Dubay shahrida davom ettirmoqda.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, “Temiryo`lchilar” jamoasi ilk mavsumoldi xorij yig`ini doirasida 2 ta sinov-nazorat bahsi o`tkazishni rejalashtirgan. Unga ko`ra, jamoaga dastlab Saudiya Arabistonining “Al Qodisiya” jamoasi raqiblik qilsa. Ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvi Rossiyaning “Zenit” klubiga qarshi bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Arab jamoasi bilan o`yin 16 yanvarda tashkil etiladi. “Zenit”ga qarshi uchrashuv bo`lsa 20 yanvar sanasida o`tkazilishi belgilangan.
Ma`lumot uchun, “Lokomotiv”ning mazkur o`quv-mashg`ulot yig`ini 21 yanvarga qadar davom etadi.