Vadim Chemirtan “Bunyodkor” bilan shartnoma imzoladi

Oldingi mavsumni “Buxoro” safida o`tkazgan moldovalik hujumchi Vadim Chemirtan Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma imzoladi.

“Bunyodkor” klubi rasmiy sayti moldovalik hujumchi bilan shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Unga ko`ra, Moldova terma jamoasi hujumchisi keyingi mavsumni “Bunyodkor” safida boshlaydi.

 

Eslatib o`tamiz, Vadim Chemirtan o`tganm mavsumning ikkinchi yarmida “Buxoro” safiga kelib qo`shilgan va 13ta o`yinda 9ta gol urishga muvaffaq bo`lgan edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb