“Olmaliq”ni 14 nafar futbolchi tark etdi

Viktor Kumikov bosh murabbiyligidagi “Olmaliq” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichi jarayonida 4 yanvar kuni Toshkentda o`zining ikkinchi yig`inini boshladi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, ushbu yig`in oldidan 14 nafar futbolchi klubni tark etgan. Oldingi mavsumida jamoa sharafini himoya qilgan Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Nikita Shkvirin, Evgeniy Gogol, Saidkomil Akbarov, Oybek Nurboev, Hasan Asqarov, Sunnatilla Abdullajonov, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Otabek Valijonov, Arslonmurod Omonov, Yahyo Ro`ziev, Mo`ydin Mamazulumovning shartnomasi yakuniga etdi.

 

Klub rahbariyati mazkur futbolchilarga “Olmaliq”dagi bir necha yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga kelgusi faoliyatida omad tiladi, deyiladi klub rasmiy saytida.

mib
uzcard
cola
apex
bmb