"Paxtakor" Toshkentda navbatdagi yig`inini boshladi

Toshkentning “Paxtakor” klubi qisqa muddatlik tanaffusdan so`ng yangi mavsum oldidan ikkinchi yig`inini boshladi.

“Paxtakor” rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa mazkur yig`in davomida ikkita nazorat o`yinida maydonga tushadi. Rejaga ko`ra, jamoa 8 yanvar kuni “Qo`qon-1912” klubi bilan, 14 yanvar kuni esa, “Obod” bilan o`zaro bahs olib boradi.

Toshkentdagi yig`in yakunlangach, jamoa navbatdagi yig`inini o`tkazish uchun 15 yanvar kuni BAAga uchib ketadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb